Yangi bosh vrachga muhim vazifalar yuklandi

Zulfiya Abdurahmonova 2-son Respublika klinik shifoxonasi bosh vrachi lavozimiga tayinlandi.
Unga, avvalo, davolash ishlarida tibbiyotning zamonaviy va samarali texnologiyalarini keng joriy etish, jumladan, kordiologiya, navrologiya, terapiya kabi qator yo‘nalishlarni takomillashtirish strategiyasini ishlab chiqish, tibbiy radiologiya yo‘nalishida ilmiy ishlarni rivojlantirish, davr talabiga mos malakali kadrlarni tayyorlash, xorijning nufuzli tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlagan holda, soha vakillarining xalqaro klinikalarda malaka oshirishlarini, chet el mutaxassislarining klinikada mahorat darslarini tashkil etish kabi vazifalar yuklatildi. Shuningdek, unga xalqqa yanada yaqinlashish, qog‘ozda quruq hisobotlar bilan emas, balki amaliy natijalar bilan odamlar ishonchini qozonish, ular dardiga malham bo‘lish kabi ustuvor yo‘nalishlar ham belgilab berildi.
Z.Abdurahmonov bunga qadar mazkur klinik shifoxonaning davolash ishlari bo‘yicha bosh vrach o‘rinbosari, shu bilan birga, bosh vrach vazifasini bajaruvchi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Axborot xizmati.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring