Yangi avtodrom foydalanishga topshirildi
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Hazorasp tuman oʻquv-sport texnika klubiga qarashli yangi avtodrom foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda soʻzga chiqqanlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida toʻxtalib, yangi qurib ishga tushirilgan avtomobil oʻquv-mashq maydoni ana shu ezgu maqsadlarga xizmat qilishini taʼkidladi.
— Avtomototransport haydovchilari tayyorlash maktablarida nazariy bilimlar va amaliy mashgʻulotlarning uygʻunligini taʼminlash maqsadida viloyatimizda innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan uchinchi avtodromni ishga tushirdik, — deydi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati Kengashi raisi Davronbek Ibrohimov. – Shu bilan bir qatorda mazkur avtomaktablar uchun yangi yengil va yuk avtomobillari xarid qilindi. Amaliy mashqlarni bunday sharoitlarga ega avtodromlarda oʻtkazgan haydovchilar zarur koʻnikmalarga ega boʻladi va bu kelgusida yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga yordam beradi.
Odilbek ODAMBOYEV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring