“Yangi Andijon” shahrining 5 ta punktida seysmometrik stansiyalar oʻrnatildi
“Yangi Andijon” shahri hududini seysmikligini baholash maqsadida 5 ta punktda seysmometrik stansiyalar oʻrnatildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi maʼlum qildi.
Hozirda bu seysmik stansiyalar tadqiqot maydoni va uning atrofidagi hududlarda sodir boʻlayotgan zilzilalarni qayd etib, qurilish maydonining seysmik faolligini taxlil qilishda tadqiq etilmoqda.
Shuningdek, 332 ta punktda seysmorazvedka va 80 ta punktda elektrorazvedka dala ishlari olib borildi. Hozirgi kunda oʻrganilayotgan hududning 200 ta punkda mikroseysmik toʻlqinlar qayd qilingan boʻlib, olingan maʼlumotlar natijasiga koʻra har bir punktda seysmik jadallik baholash tadqiqotlari olib borilmoqda.
Ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratiladigan seysmik mikrorayonlashtirish xarita “Yangi Andijon” shahri hududida seysmik mustahkam bino va inshootlarni loyihalash-qurilish ishlariga asos sifatida xizmat qiladi.
Maʼlumot oʻrnida: Yangi shahar bosh rejasiga koʻra 4 ming ga adirliklar ustida 411 ming aholi yashashi koʻzda tutilgan, 1439 ga maydonda koʻp qavatli turar-joy massivlari, savdo maskanlari va kichik sanoat zonalari, 1820 ga maydonda yashil hududlar, 223 ga maydonda esa xizmat koʻrsatish joylari bunyod etilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring