Yana bir marta nomard desam nima boʻpti? — Kusherboyev Xolmoʻmin Yodgorov uning ustidan etika komissiyasiga shikoyat qilganini maʼlum qildi
Rasul Kusherboyev Sudʼyalar Oliy Kengashi raisi Xolmoʻmin Yodgorov uning ustidan etika komissiyasiga shikoyat qilganini maʼlum qildi.
«Bu insonni prokuror, tergovchi yo hokim deb oʻylamang. U vaqtda u kishi Oliy sud raisining oʻrinbosari, mustaqil, xolis sud hokimiyatining vakili edi. Endi esa Sudʼyalar Oliy Kengashiga raislar.
Bu kishi oʻshanda sudʼyalik obroʻsini “pachoq qilib” aybsizlik prezumsiyasigayam qaramay, tergovi tugamagan, sud baho bermagan Boʻstonliqdagi bir guruh fuqarolarni noqonuniy uy qurgan, soxta hujjat tayyorlagan, deb shu yoʻl bilan oʻzining quyi sudlariga “yashirin koʻrsatma” bervorgandilar. Ana mardlik.
Xullas «Uzavto» va DSQdan keyin ular ham ustimdan etika komissiyasiga shikoyat qilibdi. Sababi men ular rahbarlik qilayotgan Kengashni 2 daqiqayu 24 soniyada toʻqqiz marta nomard degandim. Yaxshiyam “hammang bir tiyinsan” demabman.
Aytgancha aybsizlik prezumsiyasiga amal qilmagani, etikani buzgani uchun X.Yodgorovga oʻshanda Sudʼyalar Oliy kengashi mard boʻlib chora koʻrganmikan. Yo mardlik qilolmaganmi?
Shu 9 raqami oʻxshamayaptida, 10 boʻlsa koʻpirtirib yanayam “tepa”ga shikoyat qilsa zoʻr chiqadi. Shunga yana bir marta nomard desam nima boʻpti?», deb yozadi deputat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring