Yakkalanib qolishdan qoʻrqayotgan Yevropa: Tramp va Putinning shubhali muloqoti

AQSH prezidenti Donald Tramp va Rossiya rahbari Vladimir Putinning 1,5 soatlik telefon muloqotidan keyin Yevropada xavotir kuchaydi. Ikkala davlat rahbari Moskva uchun qulay shartlarda, Kiyev ishtirokisiz kelishuvga erishishi mumkinligi haqida tashvishlar paydo boʻldi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH va Rossiya olib borayotgan tinchlik muzokaralarini qabul qilmasligini maʼlum qildi. Unga Trampning Kiyevga qoʻngʻiroq qilishdan oldin Putin bilan maslahatlashgani ham yoqmagan. AQSH va Rossiya yetakchilarining muloqoti Gʻarbning “Ukrainasiz Ukraina haqida hech narsa” siyosatini shubha ostiga qoʻydi. Endi bu jumlaga “Yevropasiz Yevropa haqida hech narsa” iborasi ham qoʻshilishi mumkin. Trampdan tinchlik muzokaralarida Ukrainani teng huquqli sherik sifatida koʻryapsizmi, deb soʻrashganida, u shunchaki “Bu qiziq savol” deb javob berdi.
Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat boʻyicha rahbari Kaja Kallas Yevropa va Ukraina muzokaralar jarayonida ishtirok etmasdan turib, tinchlik bitimi amalga oshmasligini taʼkidladi.
NATO uchun kelajak muammoli koʻrinish olmoqda. Ittifoq tashkil etilganidan beri Yevropa AQSHning yadroviy himoyasiga va Amerika harbiy kontingentlariga tayanib kelgan. AQSH mudofaa vaziri Bryusseldagi yigʻilishda Vashington Ukraina NATOga aʼzo boʻlishiga ishonmasligini bildirdi. NATO rasmiysi esa aʼzolik masalasida qarorni alyans davlatlari mustaqil chiqarishini eslatib oʻtdi.
Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya va boshqa Yevropa davlatlari Ukraina va Yevropa har qanday muzokaralarning ajralmas qismi boʻlishi kerakligi haqida bayonot berdi. Estoniyalik siyosatchilar esa Aleksandr Dyumaning “Hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun” shiorini eslab, mudofaa xarajatlarini oshirish zarurligini qayd etdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring