Yaylov yer maydonlarining elektron hisobi yuritiladi
“Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–24-son, 16.02.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, xalqaro moliya institutlarining 7,8 mln AQSH dollari miqdoridagi grant mablagʻidan 2023-yilda quyidagi choralar koʻriladi:
— yillik quvvati 10 ming tonna boʻlgan mayda shoxli mollar uchun omuxta yem ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil qilish;
— chorva hayvonlari genetik tadqiqoti laboratoriyasini tashkil qilish;
— qorakoʻlchilik-naslchilik xoʻjaliklarida 500 ming bosh mayda shoxli mollarni raqamli identifikatsiya qilish.
Shuningdek, don yetishtirish uchun 800 gektar yaylov oʻzlashtiriladi.
Qarorga koʻra, 500 gektar yaylovda quyosh energiyasida ishlaydigan nasos agregatlari yordamida yerosti suvlarini chiqarish hamda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish boʻyicha namunaviy pilot loyihasi amalga oshiriladi.
2023-yil 1-avgustgacha:
— ijaraga berilgan yaylov yer maydonlari (oʻrmon fondi yerlari bundan mustasno) xatlovdan oʻtkazilib, yaylovlardan foydalanishning holati hamda shartnoma talablari bajarilganligi oʻrganiladi;
— yaylov yer maydonlaridan maqsadsiz foydalangan holatlar yuzasidan choralar koʻriladi;
— yaylov yer maydonlarining elektron hisobini yuritish yoʻlga qoʻyiladi.
2023-yil 1-sentyabrgacha yangi tahrirdagi “Yaylovlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring