Yagona maktab formasi 2025-yilga qadar bosqichma-bosqich joriy etib boriladi — Baxtiyor Saidov
Foto: AOKA
AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov 2022-2023 oʻquv yilida yagona maktab formasi joriy etilishi yuzasidan maʼlumot berdi.
2022-yil sentyabr oyidan yangi oʻquv yilida ota-onalar uchun yagona formani xarid qilishga majburiy talab qoʻyilmaydi va maktabga yagona formada kelmagan oʻquvchilarga nisbatan hech qanday eʼtirozlar bildirilmaydi.
Milliy qadriyatlarimizdan kelib chiqib, oʻquvchi-qizlarning maktabga ochiq rangdagi milliy roʻmolni boshning orqa tomonidan oʻragan holda kelishlari man etilmaydi.
Shuningdek, oʻquvchi-qizlarning yubka va kofta yenglarining uzunligini uzaytirishga ruxsat beriladi, ammo belgilangan oʻlchamdan kalta boʻlishi mumkin emas.
Mahalliy hokimliklar tomonidan kam taʼminlangan oilalarga mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan maktab formasini sotib olinishiga koʻmak beriladi.
Maktab formasini aynan biror tadbirkordan/korxonadan xarid qilish boʻyicha maktab maʼmuriyati tomonidan majbur etilmaydi va bunday holatga yoʻl qoʻyilmaydi.
Maktab formasi savdosi avgust oyidan boshlab har bir tuman va shahar markazlaridagi aholiga qulay joylar hamda maktab yarmarkalarida tashkil etiladi.
Xalq taʼlimi vazirligi ota-onalar va oʻquvchilarning maktab formasi dizayni va sifati boʻyicha har qanday takliflarini koʻrib chiqishga va birgalikda yagona forma dizaynlarini takomillashtirib borishga tayyor ekanligini maʼlum qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring