“XXI asr bolalari” birinchi xalqaro bolalar teatr va IT festivali boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri “Doʻstlik klubi” aʼzosi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan oʻzaro hamkorlikda joriy yilda zamonaviy kompyuter texnologiyalariga bagʻishlangan yangi uslubdagi “Game over” spektakli sahnalashtirilib, premyerasi oʻtkazilgan edi.
Ushbu hamkorlik ishlarini davom ettirish maqsadida yosh ijrochilar oʻrtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlarning teatr va ITga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida kuni kecha Raqamli texnologiyalar vazirligida teatr va IT xalqaro festivali tashkil etildi.
Xalqaro tadbirda ishtirok etish uchun Belarus Respublikasi, Ozarbayjon, Qalmogʻiston Respublikasi, Gruziya, Kipr kabi davlatlaridan 55 dan ziyod aktyor hamda rejissyorlar tashrif buyurdi. Festival doirasida ushbu davlatlarning teatr ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan spektakllar namoyishlari, aktyor-rejissyorlarning innovatsion va qiziqarli chiqishlari, mahorat-darslari boʻlib oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring