Xitoy hukumati nikohdan oʻtish tartibini soddalashtirdi
Foto: FOTODOM
Xitoy hukumati mamlakatda yangi oilalarning sonini koʻpaytirish maqsadida nikoh tartibini soddalashtirdi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Yangi qoidalarga koʻra, roʻyxatdan oʻtish uchun hujjatlarni topshirish osonroq boʻldi. Yaʼni endilikda buning uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat, uch avlodda mavjud nikohlar va yaqin qarindoshlar yoʻqligi toʻgʻrisidagi arizani taqdim etish kifoya boʻladi. Uy xoʻjaligini roʻyxatga olish kitobidan maʼlumotnomalarni taqdim etish talablar roʻyxatidan olib tashlandi.
Bundan tashqari, rasmiylar nikohni faqat doimiy yashash joyida tuzishga ruxsat beruvchi talabni ham bekor qildi. Taʼkidlanishicha, bu yangi turmush quruvchilar uchun xarajatlarini kamaytiradi.
Roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish toʻgʻrisidagi qaror soʻnggi yillarda mamlakatda nikoh qurish darajasi pasaygan bir paytda qabul qilindi.
Avvalroq, Xitoy Milliy sogʻliqni saqlash komissiyasi mamlakatdagi semirishga qarshi kurashish uchun kurort va mehmonxonalarga tarozilar oʻrnatishga chaqirgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring