Vladimir Putin Kim Chin In bilan qamrovli strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni imzoladi
Foto: ТАСС
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Rossiya va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi oʻrtasida imzolangan keng qamrovli strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni mamlakatlarning oʻzaro hamkorligini yangi bosqichga koʻtarish imkonini beruvchi hujjat ekanini maʼlum qildi.
«Bu ikki davlat erishgan natijalar bilan cheklanib qolmasdan, munosabatlarimizni yangi sifat darajasiga koʻtarish istagini aks ettiruvchi muvaffaqiyatli hujjat boʻlganiga qoʻshilaman», — dedi Rossiya davlat rahbari KXDR prezidenti bilan muzokaralar yakunida.
Rossiya yetakchisining qoʻshimcha qilishicha, kelishuvlar siyosiy, savdo va sarmoyaviy, madaniy-gumanitar, shuningdek, xavfsizlik sohalariga tegishlidir. Qolgan tafsilotlar boʻyicha batafsil maʼlumotlar berilmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring