Vladimir Norov Singapur Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnan bilan muzokaralar olib bordi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Singapur Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnan bilan muzokaralar olib bordi.
Tomonlarning ulkan salohiyatini inobatga olgan holda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalarda Oʻzbekiston-Singapur muloqotini jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Rejalashtirilgan tadbirlar jadvali, ularning tashkiliy va mazmunli jihatlari boʻyicha fikr almashildi.
Iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish maqsadida “aqlli” shaharlar, “yashil” va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, IT-texnologiyalarni jalb qilish, transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish, turizm almashinuviga koʻmaklashish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish masalalarini oʻrganish taklif etildi.
Gumanitar trekda taʼlim, davlat xizmatchilarining malakasini oshirish, kadrlarni birgalikda tayyorlash sohalarida tajriba almashinuvni yoʻlga qoʻyish hamda ikki mamlakat tahliliy markazlari bilan aloqalarni mustahkamlash uchun salmoqli imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring