Vladimir Norov Latviya Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri Kaspars Gerxards bilan uchrashdi

20:46 19 Avgust 2022 Siyosat
1403 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati

2022-yilning 19-avgust Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Latviya Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, Iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Latviya hukumatlararo komissiyasi hamraisi Kaspars Gerxards bilan uchrashdi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalardagi Oʻzbekiston-Latviya hamkorligining bugungi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

K.Gerxards Latviya tomoni Oʻzbekistonda jamiyatning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni qoʻllab-quvvatlashini taʼkidladi.

Latviyaning yetakchi kompaniyalarini jalb etgan holda qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining Latviya bozoriga eksportini koʻpaytirish, mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni mustahkamlash orqali iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish yuzasidan fikr almashildi.

Qishloq xoʻjaligi sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirishdan oʻzaro manfaatdorlik bildirildi. Organik dehqonchilik, urugʻchilik tizimini rivojlantirish, texnikalarni laboratoriya sinovidan oʻtkazish va qishloq xoʻjaligi uskunalarini sertifikatlash texnologiyalarini joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan takliflar koʻrib chiqildi.

Uchrashuvda ikki davlatning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi aloqalarining dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?