Vladimir Norov Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasi delegatsiyasini qabul qildi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
2022-yil 22-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov kongressmenlar Trent Kelli va Darin Lahuddan iborat Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasi delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston-Amerika munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Muloqotda parlamentlararo aloqalarni kengaytirish, siyosiy, savdo-investitsiya, akademik va madaniy-gumanitar sohalardagi muloqotni ikki davlat darajasida ham, kongressmenlar vakili boʻlgan Missisipi va Illinoys Shtatlari bilan ham chuqurlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Kongress vakillar palatasidagi «Oʻzbekiston boʻyicha Kokus» faoliyati alohida muhokama qilindi. Uning hamraisi kongressmen T. Kelli hisoblanadi. Kokus tarkibi Oʻzbekiston bilan strategik sheriklikni tizimli rivojlantirishni har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydigan istiqbolli amerikalik qonun chiqaruvchilar hisobiga jadal kengayib borayotgani taʼkidlandi.
Ikki tomonlama savdo-investitsiya aloqalarining jadal surʼatlarda oʻsib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Kongressmenlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan choralarni koʻrishga tayyorligini bildirdi.
Afgʻoniston masalasida fikr almashinildi. Tomonlarning ushbu mamlakatdagi murakkab gumanitar vaziyatning oldini olish boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Uchrashuvda ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari, shuningdek, mamlakatlarimizning xalqaro tashkilotlar doirasidagi aloqalari ham koʻrib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring