Viloyat hokimi murojaat ijrosini joyida oʻrganda

14:08 18 Fevral 2026 Jamiyat
235 0

Surxondaryo viloyati hokimining fuqarolar bilan onlayn qabulida Temirdarvoza mahallasida yashovchi Muhabbat Elbekova oilaviy sharoiti ogʻirligi, turmush oʻrtogʻining salomatligi bilan bogʻliq muammolar hamda tomorqada dehqonchilik qilish uchun sharoit yaratish masalasida murojaat qilgan edi.

Viloyat rahbari murojaatni atroflicha oʻrganish, amaliy yordam koʻrsatish yuzasidan masʼullarga aniq topshiriqlar berib, ijroni shaxsiy nazoratiga olgandi.

Temirdarvoza mahallasi Boysun tumanining togʻ yon-bagʻridagi Darband qishlogʻida joylashgan. Viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov fuqaro xonadoniga tashrif buyurib, yashash sharoitlari bilan tanishdi, salomatligi sababli toʻshakka mixlangan turmush oʻrtogʻining holidan xabar oldi.

— Murojaatimdan soʻng qisqa kunlarda tomorqamizga tomchilatib sugʻorish tizimi oʻrnatildi, — deydi Muhabbat Elbekova. — Bugun viloyat rahbarimiz xonadonimizga kelib, Muborak Ramazon oyi munosabati bilan qoʻshimcha moddiy yordam ajratdi. Turmush oʻrtogʻimni malakali tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va davolash ishlarini tizimli yoʻlga qoʻyish boʻyicha masʼullarga vazifalar berdi. Shuningdek, xonadonimizga quyosh panellari va geokollektor oʻrnatish orqali energiya taʼminotini yaxshilash choralari belgilandi.

Murojaatlar bilan ishlash tizimida shaxsiy nazorat va joyida oʻrganish amaliyoti aholi muammolarini tezkor hal etish, odamlar ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?