Viktor Orban Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlariga Ukrainadagi mojaroni hal qilish boʻyicha oʻz rejasini yetkazdi

15:15 15 Iyul 2024 Dunyo
396 0

Foto: Reuters

Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning Ukrainadagi mojaroni hal qilish boʻyicha tinchlik rejasi Yevropa Ittifoqini barcha davlatlari yetakchilarining stolida turibdi.

Bu haqda hukumat rahbarining siyosiy direktori Balaj Orban «Magyar Nemzet» gazetasiga bergan intervyusida aytib oʻtdi. «Vaziyatni real baholash, real maqsadlar va mos vaqt jadvali — mana bizning yondashuvimiz nimaga asoslanadi», deya qoʻshimcha qilgan siyosatchi.

Rasmiyning soʻzlariga koʻra, Vengriyaning rolini ortiqcha baholamaslik lozim, ammo Orban ikki hafta ichida dunyoning aksariyat davlatlari yillar davomida kutgan bir nechta uchrashuvlarni oʻtkazishga muvaffaq boʻlganini eʼtibordan chetda qoldirmaslik kerak.

Balaj Orbanning taʼkidlashicha, Budapesht Yevropa Ittifoqiga raisligining butun davrini «tinchlik muzokaralari uchun shart-sharoit yaratish uchun sarflaydi va siyosiy tashabbuslarni» koʻrib chiqadi.

«Vengriya bosh vaziri Yevropa Ittifoqi rahbarlariga oʻzining tashriflari haqida batafsil maʼlumot berdi. Bu safarlar juda muhim edi, chunki ayni damda mamlakatimiz urushayotgan tomonlar va eng muhim vositachi oʻyinchilar qanday fikrda ekani, turli manfaatlar oʻrtasida qanday manevr qilish mumkinligi haqida yangi va aniq maʼlumotlarga ega boʻlgan yagona davlatdir», deydi siyosatchi.

Uning soʻzlariga koʻra, agar Yevropa tinchlikka jiddiy yondashsa, u «hech boʻlmaganda amalga oshirish imkoniyati minimal» boʻlgan rejani yaratishi mumkin.

Viktor Orban 5-iyul kuni Moskvaga keldi va Vladimir Putin bilan uchrashdi. U Moskvaga tashrifni 2-iyul kuni Kiyevga safari bilan boshlangan tinchlik missiyasining navbatdagi bosqichi, deb atadi. Vengriya bosh vaziri Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokara oʻtkazgandi.

Keyin Orban Pekinga tashrif buyurib, Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashdi. Shundan soʻng NATO sammitida qatnashish uchun Vashingtonga joʻnab ketdi va uning doirasida Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan muloqot qildi. Keyin esa Orban Floridada AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi.

Xitoyga tashrifi ortidan Vengriya bosh vaziri Ukraina atrofidagi inqirozni mojaro tomonlari hal qilishi kerakligini, biroq uning tugashiga AQSH, Xitoy va Yevropa Ittifoqi hal qiluvchi taʼsir koʻrsatishini aytgandi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Orban muloqot uchun siyosiy irodasini namoyon etgan, Moskva buni juda ijobiy va foydali, deb hisoblaydi.

Yevropa diplomatiyasi tashqi siyosat rahbari Jozep Borrelning taʼkidlashicha, Vengriya Yevropa Ittifoqi Kengashiga olti oy rais boʻlganiga qaramay, Orban Yevropa Ittifoqiga tashqi maydonda vakillik qilmaydi va Rossiyaga tashrif buyurish uchun Yevropa mandatiga ega emas.

Orban Borrelning tanqidiga javoban Ukrainada tinchlik oʻrnatishga qaratilgan saʼy-harakatlar «Bryussel byurokratlarining deliryumi (fikrlash va xatti-harakatlardagi keskin, toʻsatdan oʻzgarish)» tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchraganini aytdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер