VII asrga oid ov sahnasi tasvirlangan mashhur devoriy suratni qayta tiklash ishlari yakunlandi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi
Joriy yilning noyabr oyida Parijning Luvr muzeyida ochiladigan Oʻzbekiston madaniy merosiga bagʻishlangan keng miqyosli yirik koʻrgazmaga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.
VII asrga oid ov sahnasi tasvirlangan mashhur devoriy suratni qayta tiklash ishlari yakunlandi. Noyob eksponat Buxoro viloyatidagi qadimiy Varaxsha qoʻrgʻonida 1953-yilda topilgan. VII-VIII asrlarda u yerda voha hukmdorlari — Buxorxudot soʻgʻdiylar sulolasining saroyi boʻlgan.
Devoriy suratning restavratsiya qilish jarayonini Luvr muzeyining restavratori Jeraldin Fray olib bordi. U Oʻzbekistonga tashrifi mobaynida mahalliy muzey ashyolari mutaxassislari uchun qadimiy Soʻgʻd moʻyqalam suratlari bilan ishlash boʻyicha amaliy mashgʻulotlar ham oʻtkazdi.
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Fransiyadan kelgan mutaxassislar bilan hamkorlikda Luvr muzeyidagi koʻrgazmaga tayyorgarlik koʻrish doirasida 70 ta muzey ashyolarini restavratsiya qilish tashabbuskori boʻlishga muvaffaq boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring