Vengriya Xalqaro jinoiy sud tarkibidan chiqmoqda

13:37 03 Aprel 2025 Dunyo
170 0

Illyustrativ foto

Vengriya Xalqaro jinoiy sud (XJS)dan chiqadi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri maʼmuriyati rahbari Gergey Guyyash maʼlum qildi. Tegishli qaror mamlakat hukumati tomonidan qabul qilingan.

Uning soʻzlariga koʻra, Vengriya konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy bazaga muvofiq vakolatlarni tugatish tartibi 3-apreldan mamlakat vazirlar mahkamasi tomonidan boshlanadi.

Shu yilning 3-aprel kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Vengriyaga kelgani maʼlum boʻldi. 2024-yilning 21-noyabrida Xalqaro jinoiy sud bu siyosatchini hibsga olishga order bergan.

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban oʻtgan yilning noyabrida Netanyaxhni mamlakatga taklif qilish va Xalqaro jinoiy sud qarori oʻz hududida amalga oshirilmasligini taʼminlash niyatida ekanini aytgan edi.

Guyyash, shuningdek, Vengriya Xalqaro jinoiy sud nizomini ratifikatsiya qilmaganini, shuning uchun Isroil bosh vaziri hibsga olinishidan qoʻrqmasdan mamlakatga tashrif buyurishi mumkinligini aytgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?