Venesuelaliklar Ugo Chaves haykalini buzib tashladi
Venesuelada prezidentlik saylovlaridan keyin ommaviy tartibsizliklar boshlandi. Karakasning markaziy hududlarida yuzlab odamlar tayoq bilan qurollangan.
Namoyishchilar yuzlarini sharf bilan oʻrab olib, qurilish qoldiqlarini yoʻlning oʻrtalariga sochib yubordi. Tartibsizliklarda 20 dan ortiq askar yaralangan, ularning ayrimlari oʻqdan jarohat olgan. Prezidentlik saylovlaridan keyingi tartibsizliklar nafaqat Venesuela poytaxti Karakasni, balki, Ugo Chaves haykali joylashgan La Guayra shtatini ham qamrab olgan. Ushbu haykal namoyishchilar tomonidan yiqitilgan.
Venesuela Tashqi ishlar vazirligi Argentina, Kosta-Rika, Peru, Urugvay, Chili, Dominikan Respublikasi va Panamadagi diplomatlarini chaqirib olganini maʼlum qildi. Mamlakat baʼzi davlatlar bilan parvozlarni vaqtincha toʻxtatgan. Bunga sabab ular Nikolas Maduroning qayta saylanishini tan olmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring