Venesuela BRIKSga qoʻshilish rejasi haqida maʼlum qildi
Illyustrativ foto
Venesuela BRIKS (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika)ga ittifoq kengayishining ikkinchi toʻlqinida qoʻshilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirining Shimoliy Amerika masalalari boʻyicha oʻrinbosari Karlos Ron maʼlum qildi.
“Biz bu sodir boʻlishini kutmoqdamiz. Biz qoʻshilish niyatimizni bildirdik. Oʻylaymanki, Venesuela ushbu ittifoqqa yaxshi hissa qoʻshadi”, — deydi diplomat.
Ronning soʻzlariga koʻra, Karakas BRIKSga aʼzo bir qancha davlatlar bilan qoʻshilish masalasini muhokama qilmoqda va bu borada koʻmak olmoqda. Shu bilan birga, “Ushbu masala 2024-yilda, ittifoqqa Rossiya raisligi davrida hal boʻlish ehtimoli bormi?”, degan savolga javob berar ekan, Karlos Ron “voqealar qanday rivojlanishini bilmasligini” taʼkidladi.
Shuningdek, vazir oʻrinbosari mamlakat tashqi ishlar vaziri Ivan Gil Pintoning Rossiyaga tashrifi rejasi ustida ishlayotganini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring