Veloshosse boʻyicha Oʻzbekiston chempionligi kimlarga nasib etdi?
Jizzax viloyatida veloshosse boʻyicha 2005-2006 hamda 2007-2008-yilda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati yakunlandi.
Musobaqaning soʻnggi bosqich bahslarida guruh poygada 80 km masofaga kechgan bahsda 2005 - 2006-yilda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida Diyor Tohirov birinchi, Farruh Bobosherov ikkinchi, Artem Talizenkov uchinchi oʻrinni egalladi.
2007-2008-yilda tugʻilgan kichik yoshdagi oʻsmirlar oʻrtasida esa Muhriddin Safarov guruh poygada 45 km masofaga oʻtkazilgan poygada marraga birinchi boʻlib yetib keldi. Nikita Yeremovga ikkinchi, Vitaliy Burlakovga uchinchi oʻrin nasib etdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Gʻoliblar tashkilotchilarning diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring