Vazirlik va idoralarda hujjat aylanishining yagona tizimi joriy etiladi

16:30 26 May 2023 Hujjatlar
744 0

“Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–76-son, 24.05.2023-y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali raqamli xizmatlar va servislar koʻrsatish hamda ularning natijasini olishning yagona nuqtasi hisoblanadi.

Yagona portal orqali koʻrsatiladigan xizmatlardan foydalanish bosqichlari “3 qadam” tamoyili asosida maqbullashtiriladi.

2023-yil 1-dekabrgacha fuqarolar raqamli xizmatlardan mustaqil foydalanishlari uchun davlat xizmatlari markazlarida birinchi bosqichda 14 ta “Raqamli xizmat nuqta”lari tashkil etiladi.

2024-yil 1-yanvargacha raqamli xizmat va servislar, elektron toʻlovlar, media resurslar imkoniyatini birlashtirishni nazarda tutuvchi Yagona portal orqali xizmatlarni taqdim etishning yangi dasturiy taʼminot shakli joriy etiladi.

2023-yil 1-sentyabrdan ijro etuvchi hokimiyatning markaziy apparatlari “edo.ijro.uz” tizimiga oʻtkaziladi.

2024-yil 1-maydan ijro etuvchi hokimiyatning hududiy boʻlinmalari va ular tasarrufidagi tashkilotlar “edo.ijro.uz” tizimiga toʻliq oʻtkaziladi.

2023-yil 1-avgustdan davlat organlarida raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir loyihalarni amalga oshirish hisobiga iqtisod qilingan mablagʻlarning 50 foizi kelgusi moliya yilida mazkur davlat organlari faoliyatida raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.

Shuningdek, 2023-yilda mobil internet foydalanuvchilari sonini oshirish choralari koʻriladi. Bunda ular sonini 31,5 mln nafarga yetkazish nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер