Vazirlik axboroti eshitildi
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda yer qaʼrini kompleks geologik oʻrganish, uzoq istiqbolga moʻljallangan mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish dasturlarining samarali bajarilishini taʼminlash, yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Sohaga oid munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy baza yaratilib, doimiy takomillashtirib borilyapti.
Mazkur hujjatlar bilan togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini boshqarish, shu jumladan, mineral-xomashyo bazasini koʻpaytirish hamda yer osti boyliklaridan samarali foydalanish masalalari tartibga solib kelinmoqda.
Bu haqda Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi hamda Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan qoʻshma majlisda alohida taʼkidlab oʻtildi.
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining togʻ-kon sanoati hamda geologiya sohasida yaratilayotgan yangi ish oʻrinlari va aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi axboroti eshitildi.
Vazirlikning axborotiga koʻra, respublikamizda mazkur sohani malakali kadrlar bilan taʼminlash maqsadida Rossiyaning “MISIS” universiteti filiali, Geologiya fanlari universiteti, Italiyaning Piza universiteti filiali, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti tashkil etilgan.
Bugungi kunda vazirlik tizimida 122 mingdan ortiq ishchi va xizmatchi xodimlar faoliyat olib bormoqda. 2024 — 2030-yillar davomida amalga oshiriladigan izchil va tizimli islohotlar natijasida geologiya, kon-metallurgiya tarmogʻida faoliyat yuritadigan ishchi va xizmatchi xodimlar sonini qariyb 206 ming nafarga yetkazish belgilangan.
Oʻzaro muhokamalarga boy boʻlgan mazkur eshituvda yagona tizim asosida taʼlim, ilm-fan va innovatsion yechimlarni integratsiyalash vazirlikning istiqboldagi asosiy vazifa hamda yoʻnalishlariga aylanishi lozimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, sohada oʻz yechimini kutayotgan masalalar ham oʻrtaga tashlanib, ular yuzasidan parlament vakillari oʻz takliflarini bildirdi.
Majlis yakuni boʻyicha parlament palatalari qoʻmitalarining qoʻshma qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring