Vazirga parlament soʻrovi yuborildi
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda oliy taʼlim tizimi tubdan isloh qilindi. Oliy oʻquv yurtlarining ilmiy va pedagogik salohiyati, moddiy-texnika bazasi takomillashdi. Bu borada 2020-yilda qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ham malakali kadrlar tayyorlashning zamonaviy modelini yaratishda muhim omil boʻlmoqda.
Mazkur Qonunning “Taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlik” deb nomlanuvchi 10-bobida respublikadagi taʼlim tashkilotlari xalqaro hamkorligining asosiy yoʻnalishlari alohida belgilab qoʻyilgan.
Eʼtirof etish joiz, keyingi yillarda ushbu sohada qator ijobiy ishlar amalga oshirilyapti. Xususan, yurtimiz va xorijiy oliy taʼlim muassasalari (OTM) oʻrtasidagi aloqalar yildan-yilga kengayib bormoqda. Oxirgi besh yilda respublikada 22
Shuningdek, Prezidentimizning 2018-yil 5-iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab xorijdagi OTM bilan qoʻshma taʼlim dasturlari yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ular doirasida oxirgi toʻrt yilda 4 ming 164 nafar xorijiy mutaxassis oʻquv jarayoniga jalb qilinganligi, 2020-yilda 58
Ayni chogʻda, oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha hali oʻz yechimini kutayotgan qator masalalar ham borligidan koʻz yumib boʻlmaydi. Xususan, xalqaro jamgʻarmalar, tashkilotlar tomonidan eʼlon qilinayotgan yakka tartibdagi va qoʻshma loyihalarda oliy taʼlim tizimida mehnat qilayotgan professor-oʻqituvchilar va olimlarning munosib ishtirokini taʼminlash; xorijiy OTM bilan imzolangan shartnomalarga muvofiq, kelgusida bakalavr va magistrantlarni tayyorlash ishlarini yanada kengaytirish hamda ularda taʼlim sifatini oshirish, respublikamiz oliy taʼlim muassasalaridagi xalqaro aloqalar boʻlimlari faoliyatini tizimli yoʻlga qoʻyish kabi masalalar oldimizda turgan ustuvor vazifalar hisoblanadi.
Pandemiya tufayli 2020-2021-yillarda oliy taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlikda koʻplab murakkab vaziyatlar yuzaga kelganligi barchaga maʼlum. Shunday ekan, kelgusida asosiy eʼtiborni xalqaro hamkorlikdagi muammolarni bartaraf etishga, rejalarni qayta koʻrib chiqib, qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga qaratilishi maqsadga muvofiq.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, majlisda Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi tashabbusi bilan oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring