Vatan manzumasi
Toshkentdagi “Turkiston” saroyida “Vatan manzumasi” deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.

Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.

Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudratli kuchi, xalq ichidan yetishib chiqqan polvonlarimizning yengilmas irodasi turli badiiy kompozitsiyalar orqali sahnadagi ifodasini topdi. Yuksak artistizm va ijrochilik mahoratiga asoslangan bu tomosha zalga toʻplanganlar qalbida Vatanga muhabbat, erishilgan yutuqlardan gʻurur tuygʻularini uygʻotdi. Ushbu dastur Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va Mudofaa vazirliklari, Yozuvchilar uyushmasi va boshqa ijodiy tashkilotlarning hamkorlikda tayyorlagan saʼy-harakati mevasidir.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring