Vatan mahallaning ostonasidan boshlanadi

16:05 16 Yanvar 2024 Jamiyat
399 0

Samarqandda viloyat mahallani qoʻllab-quvvatlash Kengashining tashkiliy yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Prezidentimizning “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni hamda “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroridan kelib chiqqan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Shahar va tumanlardan delegat sifatida saylangan 169 nafar mahalla fuqarolar yigʻinlarining raislari, Mahallani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha viloyat kengashi aʼzolari, viloyat Nuroniylar jamoatchilik Kengashi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining viloyat boʻlimi, viloyat Kasaba uyushmalari birlashmasi, turli tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tashkiliy yigʻilishni viloyat hokimi Erkinjon Turdimov olib bordi.

Viloyat hokimi aynan ana shu farmon va qaror mazmun mohiyatga, ularda belgilangan muhim vazifalarga eʼtiborni qaratdi. Unda soʻz olgan mahalla raislari esa bu kabi dolzarb masalalarga oʻz munosabatini bildirishdi.

Yigʻilishda shuningdek, davlatimiz rahbari raisligida 2023-yil 22-dekabrda oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishida belgilab berilgan mahalla tizimi faollari zimmasidagi ustuvor vazifalarga eʼtibor qaratildi.

Tashkiliy yigʻilishda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining taʼsis Konferensiyasiga 10 nafar delegat saylandi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер