Vashingtonda Tramp, Zelenskiy va Yevropa yetakchilari muzokaralari oʻtkazildi
Foto: Reuters
AQSH Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari berishda ishtirok etadi. Bu haqda 18-avgust kuni Vashingtonda boʻlib oʻtgan uchrashuvda maʼlum qilindi.
Oq uyda prezident Donald Tramp Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyni qabul qildi. Zelenskiy bilan birga Britaniya va Italiya bosh vazirlari Kir Starmer hamda Jorja Meloni, Germaniya kansleri Fridrix Mers, Finlyandiya va Fransiya prezidentlari Aleksandr Stubb va Emmanuel Makron, NATO bosh kotibi Mark Ryutte hamda YI komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen ham tashrif buyurdi.
Uchrashuvda Tramp AQSH Rossiya–Ukraina urushiga nuqta qoʻyish boʻyicha kelishuvda qatnashishini, bunda xavfsizlik kafolatlari Yevropa davlatlari bilan hamkorlikda taʼminlanishini taʼkidladi.
Zelenskiy esa urush toʻxtasa, xavfsiz sharoitda saylov oʻtkazishga tayyorligini bildirdi.
Keyinroq Tramp Truth Socialʼda muzokaralar yakuni boʻyicha fikr bildirib, “bu toʻrt yildan beri davom etayotgan urushni tugatish yoʻlida muhim birinchi qadam boʻldi”, deya taʼkidladi.
Muzokaralar yakunida Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi, Zelenskiy va Putin oʻrtasidagi uchrashuvga tayyorgarlik boshlandi. Germaniya kansleri Mersning aytishicha, ushbu uchrashuvni ikki hafta ichida oʻtkazish rejalashtirilgan.
Shundan soʻng Tramp Rossiya va Ukraina prezidentlari ishtirokida uch tomonlama muzokaralar oʻtkazishni maqsad qilmoqda.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovga koʻra, Putin ham Ukraina bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarni qoʻllab-quvvatlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring