"Vashington – dunyodagi eng xavfli poytaxt"

15:18 23 Oktyabr 2023 Dunyo
170 0

AQSH sobiq Prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Vashingtonni dunyodagi eng xavfli poytaxt, deb atadi.

"Vashington kir, jinoyatga to‘la o‘lim tuzog‘iga aylandi. Hozir, nazarimda, bu shahar yer yuzidagi eng xavfli poytaxt", - deb yozgan u.

Tramp saylovda g‘olib chiqsa, shaharni “tozalash, ta’mirlash va qayta tiklash”ga va’da berdi.

Avvalroq sobiq davlat rahbari Jo Bayden ma’muriyatini migratsiya siyosati bilan AQSHni “axlatxonaga aylantirgan”i uchun tanqid qilib, “Poytaxt uysizlar, giyohvandlar va xavfli jinoyatchilar bilan to‘lib ketdi”, deya ta’kidlagandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер