Toshkentdagi Temur Malik koʻchasida harakat qisman tiklandi

10:48 13 Mart 2026 Jamiyat
150 0

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Temur Malik koʻchasida avtotransport vositalarining harakati qisman tiklandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan:

Temur Malik koʻchasi boʻylab Sultoniya koʻchasi tomondan harakatlanganda, Mirzo Ulugʻbek koʻchasiga qarama-qarshi boʻlak orqali chiqish mumkin (tezlik — 30 km/soatgacha);

Mirzo Ulugʻbek koʻchasi tomondan Temur Malik koʻchasi orqali Sultoniya koʻchasi yoʻnalishida harakatlanish mumkin (tezlik — 30 km/soatgacha).

Haydovchilardan yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilish soʻralgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?