Vakolati boʻlmagan MCHJ Nurotada noqonuniy tarzda marmar qazib olgani maʼlum boʻldi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurota tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ye.” MCHJ masʼul shaxslari tegishli ruxsatnoma olmasdan faoliyat olib borgani aniqlandi.
Maʼlum boʻlishicha, ular tumandagi “Suvliq” granit koni hududidan 404,73 metr kub hajmdagi marmarni noqonuniy ravishda qazib olib, davlat va jamoat manfaatlariga 209,1 million soʻm zarar yetkazgan. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati maʼlum qilgan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (oʻzboshimchalik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Qayd etish kerakki, Navoiy viloyatidagi “Gʻozgʻon” koni Oʻzbekistondagi asosiy marmar konlaridan biri boʻlib, u oʻziga xos tillarang marmari bilan mashhur. Mazkur turdagi marmar ichki bozorda ham, xalqaro bozorda ham talabgir hisoblanadi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Nurota marmar koni Gʻozgʻon shaharchasi yaqinida joylashgan boʻlib, 1972-yildan beri qazib olinmoqda. Nurota marmar konining zaxiralari 1 million 700 ming metr kub miqdorida baholangan. Nurota marmar konidan olingan marmar plitalar Parijda boʻlgan xalqaro koʻrgazmada (2000-yil) oltin medalga loyiq topilgan.
Avvalroq 1 milliard soʻmlik tabiiy gaz va elektr energiyasining pulini toʻlamay ishlatganlar aniqlangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring