Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qoʻshni yaxshi – Qirgʻiziston Prezidenti Oʻzbekiston haqida fikr bildirdi
Qirgʻiziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov Oʻsh viloyatining Aravon tumaniga tashrifi chogʻida shu haqda fikr bildirdi, deb xabar berdi “Dunyo” AA "Kabar" axborot agentligi manbasiga asoslanib.
Qoʻshni davlat rahbari “Qirgʻiziston yaqin qoʻshnilari, shu jumladan, qardosh Oʻzbekiston bilan savdo aloqalarini rivojlantirish va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdor”, deya taʼkidlagan.
Qirgʻiziston rahbari Oʻsh viloyatining Aravon tumaniga tashrifi chogʻida soʻnggi yillarda ikki mamlakat nafaqat savdo-iqtisodiy, balki madaniy-gumanitar aloqalarni ham faol rivojlantirayotganini alohida qayd etgan.
— Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari sifatidagi faoliyatini boshlar ekan Qirgʻiziston — Oʻzbekiston oʻrtasida doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik mustahkamlandi, – deydi S.Jeenbekov. — Biz yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro manfaatli munosabatlarni saqlashga intilamiz, barcha muammolarni hal qilamiz, buning uchun sabr va vaqt kerak. Farzandlarimiz va mamlakatimiz kelajagi uchun qoʻshni davlatlar bilan doʻstlikni mustahkamlash siyosatini davom ettiramiz.
“Yaqin qoʻshni uzoqdagi qarindoshdan yaxshiroq” degan naql bejiz aytilmagan. Qirgʻiz va oʻzbek xalqlari asrlar davomida yonma-yon va doʻst boʻlib yashab kelmoqdalar. Ota-bobolarimiz ikki xalqning birligini saqlab, bir-biriga yaqin boʻlishgan. Ikki mamlakat nafaqat geografik jihatdan yaqin, bizda bitta tarix, bitta din, bitta til va oʻxshash urf-odatlar mavjud», deya Sooronbay Jeenbekov soʻzlarini keltiradi manba.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring