UzGTL Oʻzbekistonda uglevodorod xomashyosi sohasida amalga oshirilayotgan tarkibiy oʻzgarishlar namunasi hisoblanadi

14:25 25 Dekabr 2021 Iqtisodiyot
961 0

Qashqadaryo viloyatidagi UzGTL zavodida innovatsion texnologiyalar asosida qayta ishlangan gazdan zamonaviy yuqori sifatli UzGTL mahsulotlari ishlab chiqariladi. Shu bilan birga, UzGTL zavodida ishlab chiqarilgan nafta polimer mahsulotlarini koʻpaytirish uchun “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” obyektlariga qayta ishlash uchun yuboriladi. Shu orqali yagona neft-gaz-kimyo klasteri yaratiladi.

Shuningdek, UzGTL sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarish loyihasi yaratilishida Sasol (Janubiy Afrika), Haldor Topsoe (Daniya), Chevron va Honeywell (AQSH) kabi yetakchi kompaniyalarning ilgʻor texnologik yechimlaridan foydalanilgan.

Xalqaro standartlarga javob beradigan UzGTL mahsulotlari avvalo respublikaning neft mahsulotlariga, xususan, dizel hamda kerosinga, shuningdek, suyultirilgan gazga boʻlgan ichki ehtiyojini qoplash uchun yetkazib beriladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarnig sifati yuqori boʻlgani uchun eksport qilish imkoniyati ham mavjud boʻladi.

Shuni alohida taʼkildash kerakki, UzGTL zavodi Oʻzbekistonda uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash sohasida amalga oshirilayotgan tarkibiy oʻzgarishlarning namunasi va respublikada neft-kimyo sanoati rivojlanish surʼatlarining bir koʻrsatkichi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер