Uzbekistan Airports va Changi Airports International oʻrtasida Toshkent aeroportini rivojlantirish boʻyicha shartnoma imzolandi

19:15 24 May 2023 Jamiyat
504 0

2023-yil 24-may kuni Toshkent shahrida Singapur Prezidenti Halima Yakubning Oʻzbekistonga tashrifi arafasida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Singapur biznes-forumi doirasida “Uzbekistan Airports” boshqaruvi raisi Raʼno Joʻrayeva va Changi Airports bosh direktori Yudjin Gan oʻrtasida kelishuvlar boʻlib oʻtdi.

“Toshkent Yevropa va Osiyoni bogʻlay oladigan xalqaro markaz sifatida ulkan eksport salohiyatiga ega. Ammo mavjud aeroportning koʻplab cheklovlari bor, chunki poytaxtning rivojlanishi bilan u deyarli shahar markazida boʻlib qoldi. Yoʻlovchilar oqimini tahlil qilib, biz oʻsish jarayoni juda tez degan xulosaga kelmoqdamiz. Bugungi kunda, tigʻiz soatlarda terminallar yoʻlovchilarni deyarli sigʻdira olmay qolmoqda va samolyotlar uchun toʻxtash joylari ham yetarli emas. Shu bois yangi aeroport qurish masalasi ustida ishlayapmiz. Maslahatchilar sifatida biz dunyodagi eng ilgʻor aeroport – «Changi Airports International”ni taklif qildik. Ularning vazifasi xalqaro xab yaratish va yangi havo bandargohini qurishda eng zamonaviy aeroport texnologiyalaridan foydalanishni hisobga olgan holda texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqishda bizga yordam berishdan iborat. Shu bilan birga, CAI vakillari bir vaqtning oʻzida mavjud aeroport faoliyatini aviatsiya va noaviatsion faoliyat nuqtayi nazaridan optimallashtirish boʻyicha konsalting bilan shugʻullanadi», — dedi “Uzbekistan Airports” boshqaruvi raisi Raʼno Joʻrayeva.

2022-yilda mamlakat bosh havo bandargohida yoʻlovchi oqimi 5 million yoʻlovchini tashkil etib, pandemiyadan oldingi davrdan ham oshib ketdi. Joriy yilda Uzbekistan Airports tahlilchilariga koʻra, 8 millionga yaqin yoʻlovchi kutilmoqda. Bitim imzolangandan soʻng tomonlar tez orada ikki yoʻnalish boʻyicha ish boshlaydilar: mavjud aeroport faoliyatini optimallashtirish, jumladan, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishning raqobatbardoshligi va sifatini oshirish, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish va yoʻlovchilar oqimini oshirish, shuningdek, yangi Toshkent aeroporti loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish.

“Changi Airports International kompaniyasi Uzbekistan Airports bilan hamkorlik qilishdan mamnun. Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng tez rivojlanayotgan biznes va turizm salohiyatiga ega mamlakatlardan biridir. Biz mavjud Toshkent aeroportining sigʻimi, ish standartlari va moliyaviy koʻrsatkichlarini optimallashtirish, shuningdek, yangi aeroportni rivojlantirish rejalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida aeroportni rivojlantirish va boshqarish boʻyicha tajribamiz bilan oʻrtoqlashishni intiqlik bilan kutmoqdamiz”, — dedi Changi Airports bosh direktori Yudjin Gan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?