UzAuto Motors kelgusida avtomobillarni yetkazib berish muddati 3 oydan oshmasligiga va’da bermoqda

15:47 14 Avgust 2023 Iqtisodiyot
1385 0

Joriy yilning 4 avgust kunidan boshlab  deyarli 51 000 ga yaqin Chevrolet Lacetti, Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun shartnomalarga to‘lov amalga oshirildi. Bu haqda UzAuto Motors xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, bu joriy yil yakuniga qadar UzAuto Motors zavodlarining ishlab chiqarish rejasi bilan muvofiq. 

Kompaniya ishlab chiqarish jadvaliga muvofiq savdo tizmini joriy etganligi sabab, tuzilgan shartnomalar bo‘yicha barcha avtomobillar 2023 yilda o‘z egalariga topshiriladi. Keyinchalik bu muddat 3 oydan oshmaydi.

Kutish vaqtini uzayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 2024 yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar kontraktasiyasi haqida keyinroq kompaniya rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер