Uvaysiy ijodi Germaniyada oʻrganiladi
Germaniyaning “LAMBERT ACADEMIC PUBLISHING” nashriyoti tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Iqboloy Adizovaning monografiyasi chop etildi.
Monografiya XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan mashhur oʻzbek shoirasi - Uvaysiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan. Kitob “THINKER POETESS PF THE EAST”(SHARQNING MUTAFAKKIR SHOIRASI) nomi bilan ingliz tilida nashr qilindi.
Ushbu monografiyada oʻzbek mumtoz adabiyoti bilan bogʻliq bir qancha ilmiy muammolar oʻz yechimini topgan. Xususan, anʼanalar zamirida ulgʻaygan novatorlik va ularning oʻzaro munosabati masalasi, sharq mumtoz adabiyotida lirik qahramon tabiati, badiiy obraz va ramz munosabati, adabiy janrlar takomili tarixi, mumtoz qofiya, radif, badiiy sanʼatlarning oʻrni va vazifasi atroflicha oʻrganilgan. Mazkur muammolarning barchasi Fargʻonada yashab ijod etgan betakror mumtoz shoira Jahon otin Uvaysiy asarlari asosida talqin etilgan. Kitob sharq va oʻzbek adabiyoti, Qoʻqon adabiy muhiti, mumtoz poetika, janrlar, badiiy obraz va ramz munosabati masalalari bilan qiziquvchi olimlar, tadqiqotchilar va filolog mutaxassislar uchun moʻljallangan.
Filologiya fanlari nomzodi, dotsent, talabalarning alohida hurmatiga sazovor boʻlgan ustoz Iqboloy Adizovaga keyingi ilmiy yutuqlar, navbatdagi tadqiqotlarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring