Ustozlar hayoti – ibrat maktabi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining Andijon viloyat boʻlimida matbuot sohasida oʻziga xos tajriba maktabi yaratgan Qobiljon Asqarovning 75 yoshni qarshi olishi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda ustoz jurnalistning hamkasblari va shogirdlari qatnashdi.
— Qobiljon aka uzoq yillar davomida viloyat hokimligining “Andijonnoma”, soʻngra “Qishloq hayoti” gazetalarida samarali xizmat qildi, — deydi faxriy jurnalist Abdulgʻani Daminov. — Ayniqsa, qishloq xoʻjaligi sohasiga oid maqollari uning ijodida alohida oʻrin tutadi. U shunchaki yozmadi, yutuq va muammolarni tahlil qilish orqali soha taraqqiyotiga hissa qoʻshdi.
Qobiljon Asqarov yaratgan mahorat maktabining bugungi yoshlarga ibratli jihatlari eʼtirof qilingan tadbirda “Xalq soʻzi” gazetasi vakillari ham ishtirok etdi va ustoz jurnalistga tahririyatning esdalik sovgʻasi topshirildi.
Aytish joiz, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat boʻlimi tomonidan bu kabi tadbirlarni oʻtkazish anʼanaga aylangan. 2024-yilda 50 nafarga yaqin ustozlarni yoʻqlash, 10 dan ziyod uchrashuvlar tashkil etish va ustoz-shogird anʼanalarini davom ettirishga doir tadbirlar uyushtirilgani bunga misoldir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring