Ustoz, bizga xizmat bormi?

14:59 22 Oktyabr 2024 Jamiyat
239 0

Istam IBROHIMOV/«Xalq soʻzi». Jondor tumani Ushot qishlogʻida yashovchi tadbirkor, dehqonu chorvador Orif Abdualiyevning muallimlarga roʻbaroʻ kelganida “Ustoz, bizga xizmat bormi?” deya qoʻlini koʻksiga qoʻyadigan odati bor. Oʻqituvchi zoti borki, bunday shirin muomaladan koʻngli togʻday koʻtariladi.

– Shu tadbirkor yurtdoshimiz yaqinda savob ishni amalga oshirdi, – deydi tumandagi 5 – umumtaʼlim maktabi direktori Zavqiy Hayotov. – Gap shundaki, qishloq oralab zaxkash oʻtgan. Aholi, jumladan, oʻquvchilarimiz ham yoʻlning narigi betiga, maktab tomon oʻtish uchun qiynalishardi. Tuproq yoʻl orqali aylanib oʻtishga, yogʻin – sochinli kunlarda loy kechib yurishga toʻgʻri kelardi. Orif Abdualiyevning himmati bilan shu muammoga yechim topildi. Tadbirkor oʻz hisobidan zaxkash ustida koʻprik qurib berdi. Maktabimiz hududidagi chamasi 50 metr yoʻlakka beton qoplamasi ham yotqizdi.

Bir xayrli ish ortidan 300 nafar oʻquvchining maktabga bexavotir kelib-ketishiga, qishloq aholisining u yoki bu yumush bilan yoʻlning narigi tomoniga hech qiynalmay oʻtib-qaytishiga imkon yaratildi.

El – yurt tashvishini yengil qilishga bel boylagan, qoʻli doimo koʻksida shunday tadbirkorlarimizning koʻpayganiga nima yetsin?!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?