“Urushni hoziroq toʻxtating”: 25 ta davlat Isroilning Gʻazoga qarshi bosqinini qoralab, qoʻshma bayonot bilan chiqdi
Yigirmadan ortiq davlatlar Isroilning Gʻazoga qarshi urushini qoralab, ushbu bosqinni zudlik bilan toʻxtatishga chaqirdi. Bu haqida “Al Jazeera” nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada, Yaponiya va yana 17 ta davlat Isroilning Gʻazoda qilayotgan bosqinlari yangi bosqichga koʻtarilganidan xavotirda ekanini bildirib, mazkur mojaroning tugashini yoqlagan qoʻshma bayonotini eʼlon qildi.
Mamlakatlar, shuningdek, Isroilning Gʻazoga yordam yetkazib berish modelini qoralab, “bu falastinliklarning insoniy qadr-qimmatidan mahrum qiladi” deya baholagan.
“Isroil bosqini Gʻazodagi tinch aholining azob-uqubatlarini yangi bosqichga olib chiqdi. Oʻt ochishni zudlik bilan toʻxtatish kerak. Falastinlik asirlarni ozod qilish va hududga insonparvarlik yordamlarining erkin kirib borishi taʼminlanishi lozim. Isroil hukumatining tinch aholiga muhim gumanitar yordam yuborishni rad qilishi mumkin emas. Isroil xalqaro gumanitar huquq boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishi shart”, — deyiladi ushbu qoʻshma bayonotda.
Shuningdek, mazkur qoʻshma bayonotda zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatish talab qilingani bilan bir qatorda, davlatlar mintaqada tinchlikka erishish uchun siyosiy yoʻlni qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirgan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Gʻazo sogʻliqni saqlash vazirligi bergan maʼlumotlarga koʻra, Isroil ikki oydan koʻproq davom etgan umumiy blokadani yumshata boshlagandan beri Gʻazoda oziq-ovqat olishga uringan 875 nafar falastinlik halok boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring