Urgutdagi oziq-ovqat doʻkonida oʻsmir yigit kaltaklandi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati hududidagi savdo doʻkonlarining birida oʻsmir bola kaltaklanganligi aks etgan videotasvirlar keng tarqalgan edi.
Bolalar ombudsmani mazkur holat yuzasidan munosabat bildirib, vaziyat nazoratga olinganini maʼlum qildi.
Unda aytilishicha, joriy yilning 16-aprel kuni Samarqand viloyati Urgut tumani hududida joylashgan oziq-ovqat doʻkonida fuqaro Q.F. oilaviy masala tufayli turmush oʻrtogʻining voyaga yetmagan ukasi 2008-yilda tugʻilgan N.S.ni kaltaklab, unga tan jarohati yetkazgan.
Hozirda yetkazilgan tan jarohati darajasini aniqlash yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Mazkur holat boʻyicha tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring