Urgutdagi xonadonlardan birida “hujra” tashkil qilgan shaxs fosh qilindi

14:56 07 Fevral 2026 Jamiyat
819 0

Noqonuniy diniy saboq berish holati fosh qilindi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Aniqlanishicha, Fargʻona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi, 1991-yilda tugʻilgan fuqaro Urgut tumani “Doʻstlik” mahallasidagi xonadonlardan birini ijaraga olib, “hujra” tashkil qilganligi holati fosh etilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, maxsus diniy maʼlumotga ega boʻlmagan va tegishli ruxsatnoma olmagan ushbu shaxs moddiy manfaatdorlik evaziga, 2011-2016-yillar oraligʻida tugʻilgan 7 nafar oʻgʻil bolalarga noqonuniy diniy saboq berish bilan shugʻullanib kelgan.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 2292-moddasi 2-qismi (diniy taʼlimotdan saboq berish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli ota-onalar farzandlaringizni diniy oʻquvi yetarli boʻlmagan shaxslar qoʻliga topshirib, ularning kelajagini shubha ostida qoldirmang. Bunday harakatlar kelgusida ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер