Urgutda “Tomorqa – daromad manbai” mavzusida ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti Urgut filialida “Tomorqa – daromad manbai” mavzusida ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.
Ushbu tadbir Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi hamda Toshkent Davlat Agrar universiteti hamkorligida tashkil etildi.
Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilinib, tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash, ularning faoliyatini zamonaviy asosda tashkil etish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Tadbirda qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish, zamonaviy agrotexnologiyalardan foydalanish va xalqaro tajribalarni joriy etish boʻyicha fikr almashildi. Shuningdek, seminarda “Kremniy kuchi” suyuq organik oʻgʻiti ekinlar hosildorligiga ijobiy taʼsiri haqida taqdimot qilindi hamda “Uzagrostar xolding” kompaniyasi tomonidan moliyaviy yordam mexanizmlari tushuntirildi.
Seminarda 200 dan ortiq dehqon va tomorqa yer egalari hamda 100 nafarga yaqin fermer xoʻjaliklari vakillari faol ishtirok etdilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, hosildorlikni oshirish va moliyalashtirish masalalari boʻyicha foydali tavsiyalar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring