Urganchdan Sankt-Peterburgga parvozlar soni oshmoqda — Uzbekistan Airways

19:08 25 Noyabr 2023 Jamiyat
163 0

Shu yil 29-noyabrdan boshlab Uzbekistan Airways Urganchdan Sankt-Peterburgga parvozlar sonini oshirmoqda. Endilikda reyslar nafaqat seshanba, juma va yakshanba kunlari, balki chorshanba kunlari ham amalga oshiriladi.

HY637/638 reysi 2023-yilning 29-noyabridan chorshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq bajariladi:

— Urganchdan joʻnab ketish soat 11:30 da, Urganch vaqti bilan;

— Sankt-Peterburgga yetib kelish soat 14:10 da, Sankt-Peterburg vaqti bilan;

— Sankt-Peterburgdan joʻnab ketish soat 15:40 da, Sankt-Peterburg vaqti bilan;

— Urganchga yetib kelish soat 22:00 da, Urganch vaqti bilan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?