Uran zaxiralari barqarorlik garovi
Temur ESHBOYEV/ “Xalq soʻzi”. Mamlakatimizda “Navoiyuran” DK uran qazib olish hamda uran oksidi va chala oksidi koʻrinishidagi mahsulotni chetga chiqarishni amalga oshiruvchi yagona subyekt hisoblanadi. Korxona faoliyatida geologiya-qidiruv ishlarini samarali tashkil etish, yangi istiqbolli konlarini izlab topish va zaxiralarni oshirish orqali mustahkam xom-ashyo bazasiga ega boʻlish barqarorlikning muhim shartidir.

Shu maqsadda “Uran va noyob metallar geologiyasi” ilmiy ishlab chiqarish markazi tomonidan joriy yilda “Mineral xom-ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash” davlat dasturi doirasida jami 48 ta obyektda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish rejalashtirilib, jami 1 849 050 metr burgʻilash ishlarini bajarish belgilangan.

— Olib boriladigan geologiya-qidiruv ishlari natijasida uran zaxiralarining oʻsish surʼati 2024-yilga nisbatan 138,8 foizni tashkil etishi koʻzda tutilgan. — deydi markaz direktori Zafar Rahimov. — Yangi 3 ta obyekt boʻyicha geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun loyiha-smeta hujjatlari tuziladi.
Shu bilan birga, 8 ta kon boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilib, yakuniy geologik hisobotlar tuzilishi rejalashtirilgan. Joriy yilning shu davriga qadar burgʻilash uskunalarining soni 61 taga yetkazildi. Har bir burgʻilash uskunasi boʻyicha oʻrtacha burgʻilash ish unumdorligi 2168 pogʻona metrni tashkil etib, bu 2024-yilning mos davriga nisbatan 107 foizga oshish demakdir.

Joriy yilning yanvar–aprel oylari davomida jami 30 ga yaqin obyektlarda geologiya-qidiruv ishlari amalga oshirilib, 698 317 metr burgʻilash ishlari bajarildi. Yangi 2 ta obyekt boʻyicha geologik topshiriqlar tasdiqlanib, loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash ishlari boshlab yuborildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring