“Universiada — 2025”: yengil atletika bo‘yicha dastlabki g‘oliblar ma’lum
Samarqand shahri mezbonligida yengil atletika bo‘yicha o‘tayotgan “Universiada — 2025” musobaqasining respublika bosqichida yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarining eng kuchli talabalari qatnashayotir.
Ushbu musobaqaning ilk kunida 100, 400 va 1500 metr masofaga o‘tkazilgan yugurish bahslarida Jonbibi Xukmova, Dilafruz Mirazimova, Umidjon Nabiyev, Azizjon Aripov va Ruhshod Mamurov marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tdi. Shuningdek, 100 metrga o‘tkazilgan estafetada Samarqand viloyati qizlar jamoasi, Namangan viloyati yigitlar jamoasi g‘olib bo‘ldi.
Shuningdek, uzunlikka sakrash bahslarida Alina Kraynova hamda Ixtiyor Ahmadjonov eng yaxshi natijani qayd etdi.
“Universiada — 2025” bahslari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring