Umumtaʼlim maktablarida Yangi yil bayramini nishonlash bilan bogʻliq hech qanday cheklovlar yoʻq — XTV
Xalq taʼlimi vazirligi maktablarda Yangi yil bayramini nishonlash bilan bogʻliq xabarnomaga qoʻshimcha izoh berdi.
«Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim maktablariga Yangi yil bayramini rejalashtirish va oʻtkazish bilan bogʻliq cheklov yuzasidan tegishli xati notoʻgʻri talqin qilinganini maʼlum qilamiz.
Umumtaʼlim maktablari hududida yangi yil bayramini nishonlash bilan bogʻliq hech qanday cheklovlar mavjud emasligini bildiramiz.
Shu bilan birga maktablarda pul yigʻimlari hamda ota-onalarning eʼtirozlarini oldini olish maqsadida restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish shoxobchalarida maktab oʻquvchilariga Yangi yil bayramini oʻtkazish tavsiya etilmaydi.
Respublika maxsus komissiyasining turli xil korporativ bayram va koʻngilochar tadbirlarni tashkil etish bilan bogʻliq taqiqlar vazirlik, idora va boshqa davlat tashkilotlariga tatbiq etilganligini maʼlum qilamiz», deyiladi izohda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring