Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlish kerakligi belgilandi
Joriy yilning 2-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qonun [OʻRQ-935-son] bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchaga koʻra, Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga doir faoliyat litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi.
Bunda, Din ishlari boʻyicha qoʻmita mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ sifatida belgilandi.
Shuningdek, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (68 mln soʻm) etib belgilandi.
Bundan tashqari “Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha faoliyatini litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji BHMning 10 baravari (3 mln 400 ming soʻm) etib belgilandi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Eslatib oʻtamiz, Qonun Qonunchilik palatasida joriy yilning 26-mart kuni qabul qilingan boʻlib, 18-may kuni Senat tomonidan maʼqullangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring