“Umr tezlikdan muhimdir” shiori yozilgan avtobus urib yuborgan piyoda halok boʻldi

Samarqand shahrida avtobus urib yuborgan piyoda voqea joyida halok boʻldi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga viloyat IIB matbuot xizmati Hamidullo Sagʻdullayev xabar berdi.
Bildirilishicha, hodisa bugun, 18-dekabr kuni soat 07:30 larda Samarqand shahrining Narpay yoʻli koʻchasida sodir boʻlgan.
Avtobus haydovchisi yoʻlning belgilanmagan qismidan, oʻng tomondan chap tomonga harakatlanib oʻtayotgan piyodani urib yuborgan. Piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring