Umar Xayyom haqidagi ikkinchi kitob nashrga tayyorlanmoqda

19:55 16 Dekabr 2019 Madaniyat
2664 0

Yozuvchi Nabi Jaloliddin Umar Xayyom haqidagi “Oraliq“ romanining davomini yozib tugatgani haqida xabar berilgan edi. Endi ikkala kitob ham nashrga tayyorlanmoqda, deb xabar berildi yozuvchining Telegramdagi kanalida.

Umar Xayyom hayoti va ijodi, uning oʻsmirlik va yigitlik davrlari haqida soʻzlovchi “Oraliq“ romani kitobxonlar tomonidan juda iliq kutib olingan edi.

Ushbu tarixiy romanni yakunlash, Umar Xayyomning haqiqiy hayotini oxiriga yetkazish maqsadida, shuningdek, kitobxonlarning talablariga binoan, yozuvchi Nabi Jaloliddin Xayyom haqidagi ikkinchi kitobni yozib tugatgan edi.

Hozir har ikki roman ham bitta kitob holida “Yangi asr avlodi“ nashriyotidan tomonidan nashrga tayyorlanmoqda. Tez kunlar ichida bu kitob kitobxonlar qoʻliga yetib boradi.

Ushbu yangi roman “Gʻayb ostonasida“ deb nomlanadi. Unda Xayyomning Xayyom boʻlishidagi davrlar, mashhurligi, oʻsha paytdagi tarix va tarixiy shaxslar, Gʻazzoliy bilan uchrashuv, umuman, hamma-hammasi qalamga olingan.

2011-yilda Nabi Jaloliddinning Umar Xayyom haqida hikoya qiluvchi “Oraliq“ romani kitob holida nashrdan chiqqandi va Yozuvchilar uyushmasining nasr kengashi tomonidan yuqori baholangan, kitobxonlar esa iliq kutib olgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер