Ulugʻnor tumaniga sara koʻchatlar ekiladi
Janubiy Koreyaning “Trust Construction” kompaniyasi direktori Kim De Xi boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Ulugʻnor tumanida boʻlib, hududning tabiiy sharoiti, iqlimi va yer qatlami xususiyatini oʻrgandi.
Shundan soʻng oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, Janubiy Koreyaning koʻrkam va manzarali daraxt turlarini Ulugʻnor tumani hududida koʻpaytirish hamda ularni parvarish qilish boʻyicha qoʻshma loyihani amalga oshirish rejalari belgilab olindi. Ayni paytda mazkur daraxt turlarining urugʻlari tumanga keltirilgan va tajriba tariqasida ekish ishlari boshlab yuborilgan.

Aytish joiz, ushbu tuman choʻl hudud hisoblanib, bu yerda har qanday koʻchat ildiz otishi qiyin. Shu bois hamkorlikdagi loyiha istiqbolli ekanligi bilan eʼtiborlidir.
Saminjon HUSANOV
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring