“Ular 300 kishini tiriklayin yoqib yuborishmoqchi boʻlishdi” — Serbiyada norozilik namoyishlari kuchaymoqda. Mamlakat fuqarolar urushi yoqasidami?

Foto: AP
Payshanba jumaga oʻtar kechasi Serbiyaning bir qancha shaharlarida boʻlib oʻtgan namoyishlar chogʻida 40 nafardan ortiq politsiyachisi yaralandi, kamida 37 kishi hibsga olingan.
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich namoyishchilar Novi Sad shahrida hukmron Serbiya progressiv partiyasi ofisini vayron qilganini, voqealar Belgrad va boshqa shaharlarda ham sodir boʻlganini aytdi. Serbiya fuqarolar urushi yoqasidami?
“Kecha, 14-avgust namoyishchilar tunda Novi Sad shahrida odamlarni tiriklayin yoqib yubormoqchi boʻlishdi. Tasavvur qilyapsizmi, ular oʻsha yerda, ichkarida boʻlgan odamlarga nima qilgan boʻlardi. 300 kishi tiriklayin yoqib yuborilgan boʻlardi! Endi biz kim bilan shugʻullanayotganimiz hamma uchun aniq. Eng katta ikkiyuzlamachilik shundan iboratki, telekanallardan biri hamma narsa tinch ekani haqida xabar berdi”, — dedi Aleksandr Vuchich gʻazab bilan “Informer” telekanali efirida.
Serbiya Adliya vazirligi allaqachon hukmron partiya idoralaridagi tartibsizliklarni mamlakat konstitutsiyaviy tuzumiga “toʻgʻridan-toʻgʻri zarba” deb atagan.
Vuchich norozilik namoyishlari ishtirokchilari orasida “asabiylik va isteriya” kuchayayotganiga eʼtibor qaratib, tartibsizliklar “tashqaridan uyushtirilgan”ligini yana bir bor taʼkidladi.
“Bu baʼzi Gʻarb siyosatchilarining munosabatidan koʻrinib turibdi. Bu har qanday oddiy odamga tushunarli…”, — deya qoʻshimcha qildi Vuchich va mamlakat aholisini xotirjamlikka chaqirdi.
Serbiyada talabalar va muxolifatning ommaviy noroziliklari 2024-yilning 1-noyabrida Novi Sad vokzalida soyabon qulashi ortidan boshlandi. Oʻsha kuni 16 kishi halok boʻldi. Namoyishchilar muddatidan oldin parlament saylovlari oʻtkazilishini talab qilmoqda.
Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, 42 nafar politsiyachi yaralangan, ulardan 26 nafari poytaxt Belgradda jarohat olgan.
“Bu dastlabki maʼlumotlar va 42 raqam minimal, bir necha kishi ogʻir jarohat olgan. Operativ harakatlar davom etmoqda. Ayni paytda 37 kishi qoʻlga olingan”, — dedi respublika ichki ishlar vaziri Ivitsa Dachich matbuot anjumanida.
Dachich bu soʻnggi yillarda politsiyaga qilingan eng shafqatsiz hujumlardan biri ekanligini taʼkidladi.
“Huquq-tartibot idoralari xodimlariga tosh otishgan, ularni metall tayoq va tayoqlar bilan urishgan. Bundan tashqari, namoyishchilar politsiya xodimlarini jarohatlash uchun pirotexnika vositalaridan foydalangan”, — deydi vazir.
Vazirning qoʻshimcha qilishicha, politsiya “hujumni qaytarish uchun kimyoviy vositalardan” foydalanishi kerak.
“Serbiyadagi noroziliklar surunkali xarakterga ega”, — deydi Rossiya Fanlar akademiyasining Ye. M. Primakov nomidagi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar institutining Yevropa tadqiqotlari markazi katta ilmiy xodimi Vladimir Olenchenko.
Uning fikricha, noroziliklarning yangi toʻlqini Yevropa Ittifoqi rasmiylarining AQSH prezidenti Donald Trampga Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashuvi oldidan bosim oʻtkazish istagi bilan bogʻliq.
“Ular [Yevropa Ittifoqi rasmiylari] Serbiyaning [Rossiyaga qarshi] sanksiyalariga qoʻshilishini istaydi. Bu ayni damda Yevropa Ittifoqi uchun ayniqsa muhim, chunki AQSH — Rossiya sammiti arafasida Ukraina inqirozini yaratgan va qoʻllab-quvvatlaganlarning barchasi oʻzini zaif his qilmoqda. Shu munosabat bilan ular sammit oldidan Trampga taʼsir oʻtkazish uchun Yevropada ommaviy norozilikni keltirib chiqarishga harakat qilmoqda”, — deya qoʻshimcha qiladi Olenchenko.
Uning soʻzlariga koʻra, hozir Serbiyada burilish davri kelmoqda.
“Agar Serbiya hukumati yaqin 72 soat ichida barcha fitnachilarni hibsga olmasa, bu juda katta oqibatlarga olib kelishi mumkin”, — deydi siyosatshunos va “Bolqon” loyihasi asoschisi Oleg Bondarenko.
Uning qoʻshimcha qilishicha, respublika hozir “fuqarolar urushi” arafasida. Shu bois siyosatshunosning fikricha, Serbiyada favqulodda holat joriy etilishi kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
- Sardobaning siri nimada?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring