Ukrainadagi urushda qatnashgan Oʻzbekiston fuqarosi qamaldi
Foto: Videodan kadr
Jinoyat ishlari boʻyicha Jomboy tuman sudida Ukrainadagi urushda qatnashgan Oʻzbekiston fuqarosiga nisbatan jinoiy ish koʻrib chiqildi. Bu haqda “Zamon” dasturida xabar berildi.
Maʼlum boʻlishicha, sudlanuvchi 2023-yilda Sankt-Peterburg shahrida ishlayotgan vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻla turib, moddiy manfaatdorlik evaziga Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlari safiga yollangan.
2023-yil oktyabr oyida sodir boʻlgan turli hujumlar oqibatida yaralangan shaxs Oʻzbekistonga qaytgan. Unga tegishli telefon tekshirilganda, Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlari safiga ishga kirgani boʻyicha harbiy guvohnoma, Mudofaa vazirligiga tegishli harbiy gospitalda jarohat olgani boʻyicha maʼlumotnoma hamda RF fuqaroligi pasporti aks etgan fotosuratlar topilgan.
Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 154−1-moddasi (Chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, kodeksning 57-moddasi (Yengilroq jazo tayinlash) qoʻllangan holda uch yilga ozodlikdan mahrum etildi. Jazo umumiy tartibli koloniyada oʻtalishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring